02 sen 19:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Fyuri bilan jang qachon o'tkazilishi mumkinligi haqida gapirdi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik WBC kamari sohibi Tayson Fyuriga qarshi ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
Uning so'zlariga ko'ra, bahs bu yil o'tkazilmaydi.
"Dekabr oyida Fyuri bilan jang o'tkazishning imkoni yo'q. Buning ikkita sababi bor: menda jarohatim bor, uni davolashim va tiklanishim kerak - kamida ikki oy ketadi. Va men dekabr oyida jang qilishni istamayman, chunki oilam bilan bo'lmoqchiman va Ukrainada ko'p ishim bor. Boks ozgina kutib turaqolsin.
O'ylaymanki, bu kelasi yili sodir bo'ladi. Kutish lozim", - dedi Usik.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar