28 avg 19:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik - Fyuri jangi fevral oyida Yaqin SHarqda bo'lib o'tadi
Superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionlik kamari uchun jang 2023 yilning fevral oyida o'tkazilishi haqida xabar berildi.
WBC chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri hamda qolgan uchta asosiy kamarlari sohibi bo'lib turgan ukrainalik Aleksandr Usik o'rtasidagi superjang mezbonligiga Yaqin SHarq davlatlari davogarlik qilmoqda.
Malumotlarga qaraganda, Saudiya Arabistoni, Qatar yoki BAA mamlakatlari mutlaq jahon chempionligi uchun jangni qabul qilishga tayyor turibdi. Saudiya sport vaziri bu xabarni tasdiqlagan. CHempionlik jangi 11 yoki 18 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar