16 avg 13:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Fyuri - Ngannu jangi haqida qanday fikrda?
Superog'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBO va IBF yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik 28 oktyabr kuni bo'ladigan Tayson Fyuri - Frensis Ngannu o'rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Ahmoqlik! Bu jang haqida hech qanday fikrim yo'q. Bu aqlbovar qilmas darajadagi firibgarlik. Bu ochko'zlar o'yinining menga qizig'i yo'q. Umuman farqi ham yo'q. Albatta, Fyuri bilan jang qilishni istayman. Menimcha, u mendan qo'rqyapti", - dedi Usik.
Fyuri - Ngannu jangi 28 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar