23 avg 13:23
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/233149_220.jpg)
Usik g'alabadan keyin Tayson Fyuri haqida gapirdi
Superog'ir vaznda WBA, WBO, IBF va IBO chempioni Aleksandr Usik Entoni Joshua ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng WBC chempioni Tayson Fyuri haqida fikr bildirdi.
"Yaratganga shukur, u menga yordam berdi. Jamoamdagilar ham ancha qiynalishdi. Bu jang birinchisiga qaraganda biroz qiyinroq bo'lib chiqdi. Joshua meni ajablantiradigan hech narsa qilmadi. To'qqizinchi raundda u meni hayratda qoldirdimi? Unchalik emas.
Tayson Fyuriga nima ham derdim? Kamardan voz kechib, ketgani maqul", — dedi Usik ID kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar