17 avg 19:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik jang oldidan sezilarli darajada vazn to'plagani haqidagi savolga javob berdi
Superog'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO chempioni ukrainalik Aleksandr Usik britaniyalik Entoni Joshua qarshi revansh jangi oldidan ortiqcha vazn to'plagani haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, tayyorgarlik jarayonida OAVda Usik revansh jangi oldidan sezilarli darajada vazn to'plagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Britaniyalik sobiq jahon chempioni Amir Xon ukrainalikning vazni 15 kilogrammga oshganini aytdi. Matbuot anjumanida Usik bu haqidagi savollarga javob berdi.
"Menimcha, yuz kilogramm", — dedi Usik iD Boxing Youtube kanaliga bergan intervyusida.
Joshuaga qarshi birinchi jangidan keyin ukrainalik o'z faoliyatidagi rekord vaznni qayd etdi -100,3 kg. Uning raqibi esa kutilganidek og'irroq tosh bosdi - 109 kg.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar