21 avg 02:30
Yangiliklar

Usik - Joshua 2: Usik kamarni saqlab qoldi (barcha jang natijalari bir sahifada)
Kechaning markaziy jangida ukrainalik Aleksandr Usik britaniyalik Entoni Joshuadan o'ziga tegishli WBO, WBA, IBF va IBO kamarlarini himoya qildi. 12 raundlik jang Usikning ochkolar evaziga ko'ra (113 - 115, 116-112 va 115-113) g'alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu sahifa orqali Usik - Joshua jang oqshomi tafsilotlaridan xabardor bo'lishingiz mumkin bo'ldi.
Usik Joshua 2. So'nggi raund. Ikkala bokschilar ham bu raundda hujmdan ko'ra himoyaga etibor qaratishdi. Klinchlar nisbatan ko'proq bo'ldi. Va uzoq kutilgan yil jangi yakunlandi. 12 raundlik ochkolar evaziga jang g'olibi - Aleksandr Uuusik...... Haa, ukrainalik bokschi chempionlik kamarlarini o'z yurtiga qaytib olib ketadigan bo'ldi. Ammo Joshua ham g'alabaga loyiq jang qilgan edi, nazdimizda.
Usik Joshua 2. O'n birinchi raund. Usik qo'llarini tushirib, yani himoyasiz holatda bor etiborini hujumga qaratmoqda. Va buning natijasida ko'plab aniq zarbalarni qabul qilib olmoqda.
Jang boshlanishi uchun hamma narsa tayyor. Va boshlandi. Birinchi raund. Hozircha ikkala bokschi ham masofada bir-birlarini o'rganishmoqda. Birinchi raund shu tariqa yakuniga etdi.Bo'y borasida ustunlikka ega bo'lishiga qaramasdan, Joshua bundan foydalana olayotganicha yo'q. Ikkinchi raund yakuniga etdi. Uchinchi raundda Usik masofani zo'r saqlay oldi. Joshuaning zarbalari havoga uchyapti.To'rtinchi raund so'ngida jang biroz qizidi, ammo baribir bokschilar hali tavakkalga qo'l urgisi kelmayapti. Beshinchi raund avvalida Joshua kuchli zarba yo'lladi, keyinchalik Usik zarbalar seriyasini amalga oshirdi. oltinchi raund yakunlandi. Kichik ustunlik Joshua tomonida. Muxlislar tinimsiz ravishda Usikni qo'llab-quvvatlashmoqda. Oltinchi raund ham o'z yakuniga etdi. Teng kurashlar ostida kechmoqda jang. Endi astu-sekin o'z mahoratlarini ko'rsata boshlashsa kerak, ettinchi raundga ham etib keldik. Darvoqe, ushbu jangga Usikning WBA Super, IBF va WBO hamda Tayson Fyurining The Ring kamarlari tikilgan. Sakkizinchi raunddamiz. Haa, mana endi Joshua bo'ydagi ustunlikdan foydalan olyapti. Ring markazini o'ziniki qilib oldi Joshua. Ringning qaysi burchagida jang qilishni u belgilayapti. Ammo shunday bo'lishiga qaramasdan Usik ham kam zarba yo'llayotgani yo'q. To'qqizinchi raund: Joshua yaqqol ustunlikka erishdi. U juda ko'p zarbalar yo'lladi, yo'llaganda ham aniq va kuchli zarbalar. Aynan shu raundlar unga yakunda g'alaba keltirishi mumkin. O'ninchi raund: Usik yana masofaviy jang qildi va yakunda biroz bo'lsada ushbu raund uchun ustunlikni o'z tomoniga og'dira oldi.
Britaniya milliy madhiyasi yangradi. Navbat Usikning vatani bo'mish Ukrainaga.
Aleksandr Usik ham ringga chiqib kelmoqda...
Entoni Joshua ringga chiqib kelmoqda...
Va endi navbat yil jangiga...
Do'stlar, bizda va nihoyat Co main event, yani markaziy jangdan oldingi to'qnashuv. Ringga xorvatiyalik bokschi Filip Xrgovich hamda xitoylik Jan Jiley chiqib kelmoqda. Bokschilarning statistikalari quyidagicha: Filip Xrgovich (14-0, 12 KO), Jan Jiley (24-0-1, 19 KO). Jang superog'ir vazn toifasida bo'lib, IBF kamari uchun majburiy davogarlik maqomida kechadi. Demak, boshlandi. Birinchi raundda bokschilar asosan masofada harakatlanishdi. Takidlash joizki, xitoylik bokschi Xrgovichni nokdaun holatiga tushurib qo'ydi. Ikkinchi raundda ikkala bokschida ham aytarli vaziyat bo'lmadi. Ammo xitoylik bokschining zarbalari anchayin og'ir va kuchli ekani sezilib turibdi. O'o'o'o'h, Xrgovich jarohat olgani malum bo'lmoqda. Hozircha jang davom etmoqda. Uchinchi raund teng kurashlar ostida kechdi. To'rtinchi raundda Jan Jiley tashabbusni biroz o'z qo'liga olgandek bo'ldi. Ettinchi raund davom etyapti, Jan Jiley katta ustunlikka ega. Ammo Xrgovich ham kuchli zarbalarni tez-tez yo'llab turibdi. Xrgovich raqibining bosh qismiga juda kuchli zarbalar yo'naltirdi. Xitoylik bokschi charchab qolgandek, sababi tez-tez klinchga kirishga harakat qilpyati. 8-raund avvalida Jan juda kuchli zarba yo'lladi. Xrgovich bu raundda ketma-ket zarbalar yo'llashga harakat qildi, ammo bu zarbalar xitoylik bokschiga tasir ham qilmayotgandek, go'yo. Xrgovichning formasi ham dosh berolmayapti. To'qqizinchi raund so'ngida Jan Jiley juda kuchli zarbalar seriyasini amalga oshirdi. Xrgovichni bong qutqarib qoldi. O'n birinchi raund davom etyapti jangda. So'nggi raund. Xitoylik bokschi ham nokdaunga uchrashiga bir bahya qoldi. Va bo'ldi, jang yakunlandi. Demak, jang g'olibi sensacion ravishda, xorvatiyalik Filip Xrgovich deb topilmoqda.
Co main Event oldidan oqshom "egasi" Saudiya Arabistoni uchun o'z bokschisi ishtirokida to'rt raundlik jang tashkil qilinmoqda. Ushbu jang Bader Samrin (5-0, 4 KO ) va Fuad Tarverdi (5-2, 4 KO) o'rtasida bo'lib o'tmoqda. Ikkala bokschi ham engil vaznli hisoblanadi. Jangda kutilganidek, saudiyalik bokschi ustunlik qilmoqda. Fuad Tarverdi raqibiga kutilmaganda birin-ketin zarbalar yo'lladi. Demak, jang taqdiri so'nggi raundda hal bo'ladigan bo'ldi. Vaaa, bokschilar ochiq kurashga kirishib ketishdi. Bo'ldi, kutilganidek, Saudiya vakili g'alaba qozondi!
Demak, bizda navbatdagi super jang! Ringga yarimog'ir vaznli bokschilar - Kallum Smit va Matyo Boderlik chiqib kelmoqda. Jang WBC saralashi maqomida bo'lib o'tadi. Bokschilarning statistikalari: Kallum Smit (28-1, 20 KO), Matyo Boderlik (21-1, 12 KO). Demak, boshlandi. Darvoqe, jang o'n ikki raund etib belgilangan va hozircha ikkinchi raund qizg'in ravishda o'tib bormoqda. Har jabhada ikkala bokschida ham tenglik mavjud, o'u jumladan bo'y borasida ham. Matyo hozir raqibiga birin-ketin zarbalar yomg'irini "yog'dirdi". Endi esa Kallumning navbati. SHu zaylda uchinchi raund ham yakuniga etdi. Entoni Joshua ham arenaga etib keldi. Kallum Smit jarohat olibdi, ammo jiddiy emas, shifokorlar unga jangni davom ettirish uchun ruxsat berdi. Vauuuuv. Qanday nokauuuut. Kallum Smiiit raqibini nokautga uchratmoqda! Jang to'rtinchi raunddayoq yakunlandi.
Asosiy janglar tobora yaqinlashib kelmoqda. Arenada biroz tanaffus yuzaga keldi.
Aleksandr Usik jang bo'lib o'tadigan arenaga etib keldi!
Navbatdagi jang birinchi og'ir vazn toifasida Badu Jek va Richard Rivera o'rtasida bo'lishi kutilmoqda. Bokschilarning statistikasi quyidagicha: Badu Jek (26-3-3, 16 KO). Richard Rivera (21-0, 16 KO). Ushbu jang 10 raund etib belgilangan. Demak, bokschilar birin-ketin ringga chiqib kelishmoqda. Birinchi raund yakuniga etdi. Teng kurashlar ostida kechdi. Riveraning harakatlarida ham, zarbalarida ham o'ziga xoslik mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Ikkinchi raund ham yakunlandi, yana deyarli teng kurashlar ostida. Uchinchi raund. Rivera raund avvalida zarbalar ketma-ketligini uyushtirdi. Endi esa Jekdan kuchli zarba. Uchinchi raundda ham ustunlik har ikkala bokschi tomonida bo'ldi. Richard Rivera garchi kuchli zarbalar o'tkazib yuborgan bo'lishiga qaramay, tinimsiz ravishda bosim o'tkazmoqda Baduga. Endi to'rtinchi raund bo'lishiga qaramasdan, bokschilar charchab qolishgandek, klinchlar ko'paygan. Beshinchi raund. Bu raundda ham bokschilar aytarli vaziyatga ega bo'lishmadi. Rivera ustunlikni qo'lga olishga harakat qilmoqda. Ikkala bokschilar ham birin-ketin ketma-ket zarbalar yo'llash bilan ovora, Rivera bu borada faolroq. To'qqizinchi raund. Jang g'olibi ochkolar evaziga aniqlanadi, shekilli. Ha, ohirgi raund. Qoyil! Bokschilar ohirigacha tempni yuqori darajada ushlab turishdi. Va bo'ldi, jang yakunlandi. Demak, jang g'olibi - 10 raund hisobiga ko'ra, Badu Jek. Muxlislar norozi bo'lishmoqda, jang natijasidan. Hakamlar qarori: 96-94, 94-96 va 96-94 Baduning foydasiga.
Boks kechasida kichik tanaffus!
Do'stlar, markaziy to'qnashuv — Usik - Joshua revansh jangigacha to'rtta jang qolmoqda. Soon!
Asosiy kardning ikkinchi jangi Ziyad Almaayuf (debyut) va Xose Alatorre (debyut) o'rtasida bo'lib o'tishi kutiyalpti. Takidlash joiz, Ziyad Saudiya vakili va ilk jangini mana shunday kardda o'tkazmoqda. Demak, ilk raund boshlandi. Ha aygancha, jang superengil vazn doirasida bo'lib o'tmoqda. Ushbu qarama-qarshilik 4 raund etib belgilangan. Mezbonlar vakili jangda yaqqol ustunlik qilmoqda. Va bu o'z so'zini aytdi. Nokdaun. Meksikalik bokschi o'rnidan turib, shu zahoti yana nokdaun holatiga uchradi. Dahshat! Jang ilk raunddayoq yakunlanmoqda, saudiyalik Ziyad Almaayuf debyut jangini g'alaba bilan boshlamoqda.
Asosiy kard janglari boshlanmoqda. Ramla Ali (6-0, 1 KO) vs Kristal Garsiya Nova (10-2, 10 KO). Bu jang ayollar o'rtasida bo'lib, 8 raund o'tishi belgilangan.Boks oqshomida hali bunaqasi bo'lmagan edi. Ramla Ali birinchi raunddayoq raqibasini nokautga uchratdi va ettinchi jangini ham mag'lubiyatsiz o'tkazdi.
Navbatdagi jang: Ringga ikki amerikalik chiqib kelmoqda. Ular Enryu Tabiti va Jeyms Uilson. Ularning statistikasi quyidagicha: Endryu Tabiti (19-1, 15 KO), Jeyms Uilson (7-0-1, 6 KO). Jang 8 raundga mo'ljallangan. Boshlandi. Ikkala bokschi ham bir-birlarini o'rganish bilan band hozircha. Haa, dastlabki raundni to'lig'icha masofada o'tkazishdi ikkala bokschilar ham. Tabiti nafaqat o'ziga xos soch turmagi, balki ringdagi harakatlari bilan ham raqibidan ajralib turgandek, go'yo. Takidlash joiz, ushbu jang superog'ir vaznda bo'lib o'tmoqda. Tabitidan ikkinchi raund so'ngida zarbalar seriyasini ko'rdik, ammo o'zi ham raund davomida zarbalar o'tkazib yubordi. Uilson anchayin hotirjam. Uchinchi raundda bokschilar anchayin tempni oshirishdi. Ustunlik Tabiti tarafida, kichik bo'lsada. Jeymsning zarbalari ancha og'ir, ammo Tabiti ham tashabbusni qo'ldan boy bergisi kelmayapti. Uilson raqibini nokautga uchratmoqchiligi ko'rinib turibdi. Endi Tabiti ketma-ket zarbalar yo'llamoqda. Uilson nokdaun holatida. Bo'ldi, Uilson oltinchi raundda jang qilishdan bosh tortdi va Tabiti g'alaba qozondi!
Ben Uittaker, Britaniya (1-0, 1 KO) vs Petar Nosich, Xorvatiya (6-0, 3 KO) jangi. Olti raund etib belgilangan jang to'liq davom etdi. Aytib o'tish lozim, Ben jangda to'liq ustunlik qildi, raundlar davomida raqibini kuchli zarbalaridan ayamadi. Hattoki, bir ikki vaziyatda nokdaunga uchratishi ham mumkin edi, ammo unday bo'lmadi. Ochkolar evaziga g'alaba qozondi.
Daniel Lapin (5-0) vs Yozef Yurko (9-6-1, 6 KO) jangi. Daniel Lapin ukrain bokschisi va Usikning jamoadoshi edi. Lapin ushbu jangda ochkolar evaziga g'alaba qozondi va Ukraina uchun bugungi ilk natijani qo'lga kiritdi. Qayt etish kerakki, jang 8 raund davom etganini qayd etish lozim.
Ushbu boks oqshomining to'liq kardi bilan tanishing:
Fikrlar