21 iyu 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Joshua bilan chempionlik jangi shartnomasiga imzo chekdi + FOTO
Birinchi og'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik superog'ir vaznni zabt etish urinib ko'radi.
Ukrainalik bokschi uchta asosiy yo'nalishda jahon chempionlik kamarlarini o'zida saqlab turgan britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi kechadigan jang shartomasiga imzo chekdi. Ushbu jang 25 sentyabr kuni London shahridagi "Tottenxem" futbol klubiga tegishli stadionda bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, 34 yoshli Aleksandr Usik 2013 yildan buyon professional boksda faoliyatini davom ettirib kelmoqda. U oxirgi jangini 2020 yilning oktyabr oyida britaniyalik Derek CHisoraga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. Aleksandr hisobida 18 jangdan 18 g'alaba bor. O'n uchta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar