14 avg 09:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Joshua bilan jangga tayyorgarlikni yakunladi + FOTO
Superog'ir vaznda WVA Super, WVO, IBF va IBO chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi revansh jangiga tayyorgarlikning asosiy bosqichi yakunlaganini malum qildi.
"Tayyorlikning asosiy bosqichi yakunlandi. 20 avgust kuni Jiddada ko'rishguncha!" — deya yozib qoldirgan Usik instagram sahifasida.
Bokschilarning ilk jangi 12 raund to'liq davom etgan va Aleksandrning 116-112, 117-114, 115-113 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi. Ushbu jang The Ring jurnali tomonidan 2021 yil voqeasi sifatida etirof etilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar