21 avg 06:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik - Joshua jangidagi zarbalar statistikasi elon qilindi
Xabar berganimizdek, bugun tongda Jidda shahridagi (Saudiya Arabistoni) King Abdullah Sport City arenasida superog'ir vaznda WBA, WBO, IBO va IBF chempioni ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Entoni o'rtasida jang bo'lib o'tdi.
CHempionlik kamarlari uchun kechgan jangda Usik ochkolar hisobida Joshua ustidan g'alaba qozondi va chempionlik kamarlarini o'zida saqlab qoldi — 113:115, 115:113, 116:112.
Ushbu jangdagi bokschilar tomondan yo'llangan zarbalari statistikasini elon qildi. Usik jang davomida 712 ta zarba yo'lladi va shulardan 170 tasi aniq bo'ldi. Joshuaning 492 ta zarbasidan 124 tasi manzilga etib bordi.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik Entoni Joshuaga qarshi WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlarini himoya kildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar