22 iyu 12:15
Yangiliklar

Usik - Joshua jangiga chiqarilgan chiptalar narxi malum
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkaziladigan boks kechasining markaziy jangi og'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik (19-0, 13 KO) hamda ushbu kamarlarning sobiq sohibi, britaniyalik Entoni Joshua (24-2, 22 KO) o'rtasida kechadi.
Ushbu jangni jonli tarzda bevosita arenada tomosha qilishning eng arzon narxi 375 saudiya riali (99 dollar). Eng qimmat chiptaning narxi esa 20 000 rial, taxminan 5320 dollar etib belgilandi.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang 2021 yilning oktyabr oyida Nottingem (Buyuk Britaniya) shahrida o'tkazilib, unda Usik raqibini 117-112, 115-113, 116-112 hisobida mag'lubiyatga uchratgan hamda britaniyalikka tegishli WBA Super, IBF va WBO kamarlarini tortib olgan edi.
Fikrlar