03 sen 16:02
Yangiliklar

Usik Joshuaning "fuqarolar urushi" haqidagi tanqidlarga javob berdi
Usik bu so'zlarga etibor bermasligini, chunki Joshua ularni mag'lub bo'lgani uchun aytganini takidladi.
Avvalroq, Entoni Usikdan urush tufayli Ukrainani tark etgan oilasi haqida gapirgan edi.
"Joshua buni mag'lub bo'lgani uchun aytgan. Balki u biroz boshqacha gapirgandir. Biz uni Saudiya Arabistonida ko'rganimizda u mendan oilam haqida so'radi", — dedi Usik matbuot anjumanida.
Usik g'alaba qozonganidan keyin Joshua bilan muloqot qilmaganini aytdi.
"Men u bilan gaplashmadim. Uning jangdan keyingi emociyalariga etibor berish kerak emas. Entoni matbuot anjumanida hammasini aytdi. Hozir yurtimizdagi ichki vaziyat yaxshi bo'lishi biz uchun muhim. Bir-biringizga yordam bering va g'alaba yo'lida birlashing! Boshqalarning so'zlariga etibor qilish kerak emas", — deya qo'shimcha qildi Usik.
Fikrlar