03 dek 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik keyingi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchi ekanligini aytdi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchi ekanligi haqida gapirdi.
"Keyingi jangimni chempionlik kamari uchun o'tkazmoqchiman. Bilaman Joshua va Fyuri o'zaro jang qilmoqchi. Mayli, jang qilaverishsin. Lekin men WBO kamari uchun davogarman va kamarni qo'lga kiritmoqchiman. Ular eng yirik jangni tashkil etmoqchi ekanliklarini tushunyapman. Lekin men navbatda turibman.
WBO kamarini bo'shating va jang qilavering. Ammo men Entoni Joshuaga qarshi jang qilmoqchiman, uning boshqa kamarlari ham bor", - dedi Usik.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar