21 avg 14:42
Yangiliklar
Usik: "Men buni uning ko'zlarida ko'rdim"
"Joshua bilan revansh jangimiz birinchisidan nimasi bilan farq qildi? Bir soat oldin yakunlangani mamlakatim, jamoam va shaxsan o'zim uchun juda muhim. Bu jangda his-tuyg'ularimni boshqara olishimga qaramay, biroz bo'lsa-da xavotirda edim. Ayniqsa, to'qqizinchi raundda!
Sakkizinchi raundda Entonida g'alabaga bo'lgan ishonchi ortdi. Men buni uning ko'zlarida ko'rdim. Balki unday emasdir, bu muhim emas. Lekin, men o'z-o'zimga qayta-qayta takrorlardim: to'xtashga haqqim yo'q, to'xtata olmayman! Bunga juda ko'p sabablar bor edi. Xudoga shukur g'alaba qozondim, kamarlar Ukrainaga ketadi", — dedi Aleksandr matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, to'liq davom etgan jangda Usik ochkolar hisobiga ko'ra Joshuani mag'lubiyatga uchratdi — 113:115, 115:113, 116:112.
Fikrlar