03 sen 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik nima uchun Joshua bilan revanshga rozi bo'lganini aytdi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik nima uchun Entoni Joshua bilan revansh jangiga rozi bo'lganini malum qildi.
Bokschining so'zlariga ko'ra, u Lvov kasalxonasida yaradorlarni ko'rganidan keyin jangga rozi bo'lgan.
"Men frontdagilarning oldiga, Lvovdagi kasalxonaga bordim. Ular bilan suhbatlashdik.
Ular menga: "Aleksandr, revansh haqida o'ylab ko'r. Ringda vatanimizga ko'proq foydang tegadi" deyishdi.
Jamoa bilan gaplashdik va mamlakatga yordam berishga qaror qilganimizni butun dunyoga malum qildik.
Bundan tashqari, frontda jang qilish uchun avval buni o'rganishingiz kerak. SHunchaki urushga borish — bu menimcha noto'g'ri", — dedi Usik matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar