01 fev 13:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik professional futbol klubida o'ynashini aytdi
Superog'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlarida jahon chempioni Alkesandr Usik Ukrainaning "Polesye" klubi bilan "Winter Cup"da ishtirok etayotganini aytdi.
"Men birinchi ligada Jitomirning "Polesye" klubi safida debyut qilaman. 3 fevral kuni men bu jamoa safida Turkiyada debyut qilaman. "Winter Cup" - Futbol 1/2/3 telekanallarida kuzatib boring, qani ketdik. Hamma boksga, so'ngra futbolga!", — Usikning so'zlarini keltiradi "Metallist" rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, Usik 17 yanvar sanasida 35 yoshni qarshi olgan edi.
2021 yilda u Entoni Joshua ustidan ishonchli g'alaba qozonib, uning barcha kamarlarini qo'lga kiritgan.
Professional boksda Aleksandr 19 jang o'tkazib ularning hammasini g'alaba bilan yakunlagan. Nokautlari soni esa 13 ta.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar