So’nggi yangiliklar

11:35Камару Усман ўрта вазнда ким Чимаевга қарши туриб бера олишини айтди 0 11:14Янгиланган UFC рейтингида Рамазон Темиров нечанчи ўринда? Асу Алмабаевчи? 0 10:53Собиқ UFC чемпиони Дейвесон Фигередонинг рақиби маълум 0 10:32Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 10:11Шахматчиларимиз U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида яна икки учрашув ўтказишди 0 09:50"Чучвара отмен". Чимаев танлаган рақибнинг жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 09:29Афсонавий UFC чемпиони Конор эгалик қилувчи BKFC Лигасида дебют қилади 0 09:08Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг энг яхши футболчиси! 0 08:47Хамзат Чимаев илк чемпионлик ҳимоя жанги учун рақиб танлади 0 08:26Нодирбек Абдусатторов Sinquefield Cup 2025 2-турида амалдаги жаҳон чемпиони билан ўйнади 0 08:05"Чимаев билан UFC 321’да жанг қилишга тайёрман" - ONE собиқ чемпиони 0 07:44Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал"га илк турдаги ғалабани тақдим этди 0 07:23Усик жамоаси Паркерга қарши жангни кечиктиришни сўради 0 07:02UFC P4P рейтинги янгиланди: Чимаев 10 поғона юқорилади, Раҳмонов ҳам кўтарилди 0 21:53Эркин курашчимиз Шерзод Поёнов жаҳон чемпиони! 0

25 jan 21:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Usik va Fyuri mutlaq chempionlik uchun kurashishga kelishib oldi. Joshua buning uchun chetga chiqishga tayyor, ammo bir shart bilan...

Mutlaq chempionlik jangi uchun Joshua chetga chiqib turishga tayyor.

Yilning asosiy jangi deyarli aniq 

O'tgan yili Aleksandr Usik Entoni Joshuani mag'lub etib, superog'ir vaznda shunchaki chempion bo'libgina qolmay, balki qiziqarli trioni ham yaratgandi: Usik - Joshua - Fyuri. Bu bilan superog'ir vazn yanada shiddatliroq bo'la boshladi.

Hozirda hammani bir savol qiynamoqda. Kim mutlaq jahon chempioni bo'ladi? Bir oy oldin, Usikning Joshua bilan revansh jangi o'tkazishi va Fyuri Dillian Uaytdan chempionlik unvonini himoya qilishiga shubha yo'q edi. Ammo, hozirda ikkala jang ham so'roq ostida qolmoqda. Bu esa Usik-Fyuri jangi uchun juda yaxshi imkoniyat yaratadi. Bundan barcha tomonlar manfaatdor bo'ladi, hatto Joshuaning o'zi ham.

Fyuri Saudiya Arabistonida jang o'tkazishini elon qildi, Usik esa uning raqibi bo'lishini tasdiqladi

Noyabr oyi oxirida Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk o'z intervyularida Entoni Joshua bilan revansh jang o'rniga, ukrainalik bokschi Fyuriga qarshi ringga ko'tarilishini yashirmadi:

“Har qanday kelishuvni faqat uchinchi tomon ishtirokida chetlab o'tish mumkin. Ammo, bu haqida gapirishga hali erta.

Usik Joshua bilan revansh jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. U birinchi jangda g'alaba qozondi va ikkinchi jangga tayyorgarlik ko'rmoqda. Albatta, Fyuriga qarshi jang haqida xabarlar paydo bo'lgach, men bu haqda Aleksandrga xabar berdim. U Joshua bu haqda qanday fikrda ekanligini so'radi. Agar biror narsa sodir bo'lsa tovon to'lashi kerakligi aniq, shu sabab u buni rad etdi.

Fyuri jamoasida uchta asosiy odam bor. Menejer va ikkita promouter: Bob Arum va Frenk Uorren. Bu odamlarning barchasi doim iliq munosabatda bo'la olishadi. Ammo, gap pul haqida bo'ladigan bo'lsa, munosabatlar ikkinchi planga tushadi.

Bob Arum bilan bilan suxbat: “Men Usik g'alaba qozonishini bilaman. Bu sodir bo'lsa juda yaxshi bo'lardi".

Ammo, so'nggi voqealar rivoji keskin tus ola boshladi. Birinchidan, dekabr oyi o'rtalarida va hozir ham Joshua bilan revansh haqida hech narsa malum emas. Ikkinchidan, Fyurining jamoasi faollasha boshladi, xususan, uning promouteri Frenk Uorren, Usik bilan jang Fyuri uchun Dillian Uaytdan chempionlik unvonini himoya qilishdan ko'ra qiziqroq ekanini ochiqchasiga takidladi:

"Menimcha, Fyuri-Uayt to'qnashuvi juda qiziqarli bo'ladi. Lekin, mutlaq chempion unvoni uchun duel.... O'ylaymanki, jang translyaciyasi katta daromad olib keladi."

WVC rahbariyati ham bunday jangga qiziqish bildirgan va Fyuriga, agar tez orada Usikning promouterlari bilan kelishuvga erisha olsa, chempionlik unvonini saqlab qolish kafolatini bergan. 12 dekabr Nyu-Yorkda Vasiliy Lomachenkoning Richard Kommiga qarshi jangi bo'lib o'tdi. Aynan o'sha erda superog'ir vazn chempionlari ko'rishdilar. Bu uchrashuv hatto Lomachenko-Kommi jangini ham o'z soyasida qoldirdi qoldirdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Tayson video havola orqali Aleksandrga murojaat qilib, avval uni, keyin o'zini buyuk deb nomladi.

"Hey, Aleksandr! Aleksandr Buyuk!  Men boryapman."

Keyinchalik, Ukraina internet-saytlaridan biri o'z obunachilariga Fyuriga kim raqib bo'lishi mumkin degan savol bilan murojaat qildi. SHunda Usik izohlarga kirib, unga o'zi raqib bo'lishini aytdi.



Entoni Joshua Usik-Fyuri to'qnashuvga rozi bo'ldi, ammo bir shart bilan...

Bu uchlikda eng ajablanarlisi Entoni Joshuaning o'rni bo'ldi. Britaniyalik murabbiyi Rob Makkreken bilan xayrlashganidan keyin, mag'lubiyat Entoniga katta tasir qilgani aniq. SHeffilddagi odatiy mashg'ulotlarni tark etib, amerikalik mutaxassis Entoni Uilson bilan ishlay boshladi. Bundan tashqari, u mashg'ulotlardan birini Floyd Meyvezer qo'l ostida o'tkazdi.

Vaziyat shu darajaga etdiki, britaniyalik hatto kurash bo'yicha saboq ola boshladi. Lekin asosiysi, Joshua chetga chiqishini va Usik-Fyuri jangiga xalaqit bermasligini, buning o'rniga darhol g'olib bilan jang qilishini aytdi. Aleksandr Krasyuk bu malumotni tasdiqladi:

“Bu suhbatlar juda jiddiy ahamiyatga ega. Bugungi kunga kelib, bu jangni Fyuri, uning promouterlari va menejerlari xohlamoqda. Usik va uning jamoasi ham bunga rozi, va bu jang bo'lishiga Entoni Joshua ham qarshi emas".


SHundan so'ng, Usikning o'zi Joshua bilan revansh o'rniga, Fyuri bilan jang qilish istagini yana bir bor tasdiqladi:

"Fyurini qanday mag'lub etaman? Ajoyib tarzda albatta. Men kim bilan jang qilishni afzal ko'raman - Fyuri yoki Joshua? Albatta, men Joshuaning chetga chiqishini xohlayman. SHunda mutlaq chempionlikka yana bir qadam yaqinlashaman”.


Tayson Fyuri: "Pulni ol va xalal berma"

«Men Joshua chetga chiqishini istayman, shunda men Usikni mag'lub etib, uning kamarini olaman. Men Entoniga shuni aytaman - pulingni olib yo'lingdan qolma. Bo'lmasam, Usik bilan o'zing jang qil. Men biznesmen emasman, men spartalikman, meni faqat nokautlar qiziqtiradi. Agar ukrainalik bilan jang qilishni istamasang, menga xalal berma!” - dedi Tayson.

Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangining oxirgi muddati mart oyining oxiri va aprel oyining boshi ekanligini inobatga olsak, Joshua promouterida bu jangni tashkil etishga juda oz vaqt qolmoqda. Agar fevral oyi boshiga qadar revansh jangi elon qilinmasa, Usik va Fyuri o'rtasidagi jang deyarli 100 foizlik ehtimol bilan 2022 yilda bo'lib o'tadi.


sports.ru sayti asosida Kamron Hasanov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing