01 iyu 05:50
Yangiliklar
Usik va Joshua ko'z urishtirdi + FOTO
Superog'ir vazn toifasida revansh maqomidagi ushbu chempionlik jangi 20 avgust kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Jang oldidan dastlabki tadbirlar bevosita Jidda shahrida o'tkazilgan edi. Ayni paytda bokschilar London shahrida tashkil etilayotgan bir qator tadbirlarda yuzma-yuz kelishyapti.
Xususan, kecha Joshua va Usik ikkinchi bor ko'z urishtirish marosimida hozir bo'lishdi. Ukraina va britaniyalik bokschilar bir daqiqa davomida nigohlarini uzishmadi.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang 2021 yilning oktyabr oyida Nottingem (Buyuk Britaniya) shahrida o'tkazilgan bo'lib, o'shanda Aleksandr Usik Joshuani 117-112, 115-113, 116-112) hisobida mag'lub etib, britaniyalikdan WBA Super, IBF va WBO kamarlarini tortib olgan edi.
Fikrlar