30 iyu 09:13
Yangiliklar
Usik va Joshua Londonda yuzma-yuz kelishdi + FOTO
Ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Usik (19-0, 13 KO) hamda britaniyalik davogar Entoni Joshua (24-2, 22 KO) o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Bo'lajak jang oldidan ilk promouterlik tur revansh o'tkaziluvchi Jidda shahrida bo'lib o'tgan edi. Kecha esa bokschilar London shahrida o'zaro yuzma-yuz kelishdi.
"20 avgust", – deya qisqa izoh bilan o'zining ijtimoiy tarmoqdagi saxifasida xabar qoldirgan Usik.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang 2021 yilning oktyabr oyida Nottingem (Buyuk Britaniya) shahrida o'tkazilgan va unda Aleksandr Usik Joshuani 117-112, 115-113, 116-112) hisobida mag'lub etgandi. Ushbu g'alaba sabab u Entoniga tegishli WBA Super, IBF va WBO kamarlarini tortib olgan edi.
Fikrlar