18 noy 14:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik WBO kamaridan voz kechdi va mutlaq chempionlik unvonidan mahrum bo'ldi. Yangi chempion nomi malum
Ukrainalik prof boks ustasi Aleksandr Usik Jahon boks tashkiloti (WBO) chempionlik kamaridan voz kechdi.
Endi britaniyalik Fabio Uordli WBO kamari sohibi hisoblanadi.
"WBO Aleksandr Usik jamoasidan uning super og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamari kelajagi haqida rasmiy xabarnoma oldi. Puxta o'ylab ko'rgandan so'ng, Usik ushbu unvondan voz kechishga qaror qildi", deyiladi tashkilot bayonotida.
Havola :
Manba : WBO
Fikrlar