24 noy 13:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning jamoadoshi WBO kamaridan voz kechish sababini aytdi
Aleksandr Usikning jamoasi direktori Sergey Lapin WBO kamaridan voz kechish qaroriga izoh berdi.
"Aleksandr yosh bokschilarga imkon berish uchun kamarni qoldirdi. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday bo'larkin. Fabio Uordli Mozes Ituamaga qarshi - ularning har ikkisi uchun ham ajoyib jang. Kim g'olib bo'lishini kuzatish qiziq bo'ladi", - dedi Lapin.
Eslatib o'tamiz, Usik bir necha kun oldin superog'ir vazn toifasining WBO kamarini vakant qoldirgandi.
Havola :
Manba : ProBoxing Fans
Fikrlar