16 avg 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning menejeri: "Bu g'alaba Ukraina xalqi uchun juda muhim"
Egis Klimas Usik-Joshua revanshi haqida gapirdi.
Bir necha kun avval Toshkentda Lift Promotion tomonidan boks oqshomi tashkil etilganidan xabaringiz bor. Ushbu kechada faxrli mehmonlar safida Aleksandr Usikning menejeri Egis Klimas ham bor edi. Menejer OAV xodimlarining Usik-Joshua to'qnashuvi haqidagi savollariga javob berdi.
"Usik-Joshua, albatta bu yil jangini butun dunyo boks muxlislari kutmoqda. Tayyorgarlik yaxshi o'tdi, Usik juda ko'p raundli sparringlar o'tkazdi. Menimcha, g'alaba biz tarafda. Aleksandr bir kundan so'ng Saudiyaga yo'l oladi (13 avgust kungi intervyu). Uning g'alabasini ko'plab odamlar kutmoqda. Ayniqsa bu Ukraina xalqi uchun juda muhim", - dedi menejer.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar