27 iyu 08:58
Yangiliklar

Usikning Ukrainani tark etishi oson kechmagan, bu ishga Prezident aralashgan
"Aslida u uch nafar farzandning otasi sifatida Ukraina hududini tark etdi. Gap shundaki, u ancha vaqtgacha ketishni istamadi. U Vatanini himoya qilishni o'zining fuqarolik burchi, deb bildi. Men esa ochiq-oydin aytaman: biz uni ketish kerakligiga ishontirish uchun ko'p harakat qilishimiz kerak edi. Bu jamoaviy ish edi.
U hech qachon o'zi ketishga rozi bo'lmasdi. Biz sport vaziriga murojaat qildik. Bilishimcha, u Bosh vazir va prezident bilan gaplashgan ekan. Ularning barchasi Usikning jangda ishtirok etishi kerakligini so'zsiz qo'llab-quvvatladi. CHegaradan o'tish uchun ham maxsus ruxsatnoma berildi", - deya Krasyukning so'zlarini keltiradi sport.onet.pl nashri.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning 26 sentyabrida bo'lib o'tgan edi.
Malumot uchun, Usik — Joshua revansh jangi 20 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar