12 fev 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Usman Byorns haqida: "Hech qanday do'stlik haqida gap bo'lishi mumkin emas"
Yarimo'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman Gilbert Byorns haqida o'z mulohazalarini aytdi.
"Ko'pchilik biz oldin bir jamoada bo'lganligimiz va o'zaro do'st ekanligimiz haqida yozayapti. Ammo, men bu erda do'stlikni ko'rmayapman.
Sen bilan har kuni birga mashq qiladigan do'sting senga qarata: "Menga sening kamaring kerak va men uni olaman" desa qanday do'stlik bo'lishi mumkin?
Hech qanday do'stlik haqida gap bo'lishi mumkin emas. Men oktagonga chiqaman va har qanday insonni raqib sifatida ko'raman", - dedi Kamaru Usman.
Eslatib o'tamiz, Usman va Byorns jangi 14 fevral kuni UFC 258 doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar