02 mar 10:44
Yangiliklar

Usman Kovington - Masvidal jangi uchun taxminini aytdi
"O'ylashimcha, Masvidal jangda g'alaba qozonishadi, chunki u "stoyka"da turish bilan bir vaqtda eng yaxshi kurashchilarning teykdaunlaridan himoyalana oladigan kam sonli jangchilardan biri hisoblaadi. U juda yaxshi zarba bera oladi. Ehtimol, u qadar og'ir zarba emasdir, ammo aniqlik va mukammal vaqt bilan u har kimning "chirog'ini o'chirib qo'yishi mumkin". Biz uning besh soniya ichida raqibiga sakrab tizza zarbasini yo'llab, uni" uxlatib qo'yganini" ko'rganmiz. O'shanda u sport mahoratining boshqa darajasini ko'rsatgan.
Masvidal — zarba yo'llash bo'yicha o'qitilgan, ko'p qirrali jangchi va bu jangni Kovingtondan "o'g'irlash" uchun zaruriy sifatlarga ega. Bu jangni intiqlik bilan kutyapman va o'sha erda bo'laman", - deya takidlagan Usman ESPN nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Kolbi Kovington va Xorxe Masvidal jangi 5 mart sanasida, Las-Vegasdagi UFC 272 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar