So’nggi yangiliklar

19:03"Шон ютишига умид қиламан". Алекс Перейра Стриклендга маслаҳат берди 0 18:42Конкур бўйича халқаро турнир якунланди 0 18:21"Реал" Гарсияни 60 миллион евро эвазига қўйиб юборишга тайёр 0 18:00Энг кучли қиличбозларимиз Тошкентда жам бўлишди 0 17:39UFC рейтинги янгиланди. Учта вазндаги ўзгаришлар бир саҳифада 0 17:18Istanbul Open. Тимофееванинг ҳам юриши бошланди 0 16:57Кунья МЮ Чемпионлар Лигасига чиққанидан кейин дадил баёнот берди 0 16:36"У "стойка"да ҳам Стриклендни таслим этиши мумкин". Чимаевнинг спарринг шериги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:15The Ring. Иноуэ янгиланган рейтингда пешқадамга айланиб олди 0 15:54Усик — Бенавидес жанги ўтказилиши мумкин 0 15:33"Реал" ҳимоячиси узоқ муддатга сафдан чиқди 0 15:12Чимаев: "Стриклендни ҳар куни дўппослардим, балки Шон бундан хафа бўлгандир" 0 14:51Камшибек Конкабаев шу ҳафта проф боксда жанг қилади 0 14:30Яхши янгилик: Велоспортчимиз "Giro d’Italia" нуфузли турнирида иштирок этади 0 14:09Чемпионлик пойгаси авжида. "Арсенал" ва "Ман Сити"нинг АПЛдаги тақвими қандай? 0

04 okt 10:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Usman Nurmagomedov irlandiyalik raqibini ikkinchi bor mag'lub etdi, Mirafzalda bahsli g'alaba. PFL Dubai turnirining barcha natijalari bir sahifada

Kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida MMA bo'yicha PFL Road to Dubai turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqaning markaziy jangida engil vazn toifasining rossiyalik amaldagi chempioni Usman Nurmagomedov irlandiyalik Pol Xyuzga qarshi oktagonga ko'tarildi va hakamlarning yakdil qarori evaziga g'alaba qozondi.

Turnir doirasida o'zbekistonlik yarim o'rta vaznli aralash yakka kurash ustasi Mirafzal Ahtamov braziliyalik Luan "Panterinya" Sardinya bilan bahs olib borib, hakamlar qaroriga ko'ra g'olib deb topildi. SHunday bo'lsa-da, nufuzli MMA nashrlari va muxlislar bu jangda Sardinya zafar quchganini taxmin qilishdi.

Musobaqa to'liq natijalari quyidagicha:

Engil vaznda chempionlik jangi: Usman Nurmagomedov Pol Xyuzni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etdi (50-45, 49-46, 48-47)

Yarim og'ir vaznda chempionlik jangi: Kori Anderson Dovletjan Yagshimuradovdan hakamlarning yakdil qarori evaziga ustun keldi (49-45, 49-45, 48-47)

Serxio Pettis Magomed Magomedovni nokaut orqali taslim etdi (2 Raund, 4:31)

Archi Kolgan Jey-Jey Uilsonni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (30-27, 30-27, 29-28)

Jek Kartrayt Kaolan Logrenni hakamlarning yakdil qarori orqali taslim qildi (29-28, 29-28, 29-28)

Puyya Raxmani Slim Trabelsini texnik nokaut bilan mag'lubiyatga uchratdi (1 Raund, 2:47)

Florim Zendeli Omar El Dafravini hakamlarning yakdil qarori bilan yutdi (29-28, 29-28, 29-28)

MIRAFZAL AHTAMOV Luan Sardinyadan hakamlar qaroriga ko'ra ustun keldi (28-29, 29-28, 29-28)

Takeshi Idzumi Vinisius Sakkelli Sensini hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra mag'lub etdi (30-27, 29-28, 29-28)

Makkashirip Zaynukov Jon Mitchellni hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra taslim etdi (30-26, 29-28, 29-28)

Jarrax Al-Silavi Gregori Babenni ochkolar hisobiga ko'ra yutdi (28-29, 29-28, 30-27).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing