25 okt 10:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Usman Nurmagomedov: Og'alar, endi sizning navbatingiz, uyaltirib qo'ymang!
Rossiyalik Bellator jangchisi Usman Nurmagomedov o'zining "Instagram"dagi sahifasiga yangi post joyladi.
U Moskvada o'tgan Bellator 269 turniri doirasida finlyandiyalik Patrik Pietillani birinchi raundning o'zida bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.
"Jamoamiz uchun yaxshi oqshom bo'ldi. Qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Endi sizning navbatingiz, akalar uyaltirib qo'ymang", — deya surat ostida xabar qoldirgan Nurmagomedov. Usman ushbu xabarda Islam Maxachev, Tagir Ulanbekov, Zubayra Tuxugov, Imamshafi Aliev va Amr Magomedovni belgilagan.
Eslatib o'tamiz, nomlari tilga olingan yakkakurash ustalari 30 oktyabr kuni UFC 267 turnirida oktagonga ko'tarilishadi.
Havola :
Fikrlar