So’nggi yangiliklar

14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0 14:08Петр Ян: "Энди нима дейсан?" 0 13:47Ислам Махачев Петр Яннинг ғалабасига муносабат билдирди + ФОТО 0 13:26Гвардиола кечаги 0:4 ҳисобидаги мағлубиятдан сўнг нималар деди? 0 13:05Эркин кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатида ғолиблар аниқланди 0 12:44Мераб Двалишвили Петр Янни октагонга чорлади 0 12:23Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг учинчи кун финал баҳсларида ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:02Мағлубиятли ўйинда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:41Prezident Kubogi. Нодирбек Абдусатторов дербида ғалаба қозонди. Жавоҳир Синдаровда ҳам 100 фоизлик натижа! 0 11:20Ниҳоят, Ҳумоюн Султонов Калабураги турнири чемпиони! 0 10:59Литва спорт мутахассисларидан иборат делегация пойтахтимизга ташриф буюрди 0 10:38Суперлига. Бугун "Сўғдиёна" 3-ўринга кўтарилиб олиши мумкин 0 10:17Мераб Двалишвили Петр Яннинг кечаги ғалабаси ва "вызов"ига "ответ" қилди 0 09:56Сувга сакраш бўйича илк Олимпия ўйинлари иштирокчимиз Ўзбекистон кубоги ғолиби 0

30 iyu 16:16
Yangiliklar

Taekvondo

Ustoz otangdek ulug' yoxud Maksim Rafalovich bilan suhbat

Murabbiy bo'lish uning o'ziga yarasha qiyinchiliklariga bardosh berish hammaning qo'lidan kelavermaydi.

Bejizga uning toshi og'rida deb qo'yishmaydi. Eng etiborlisi murabbiylik faoliyatini boshlashdan avval sportchi bo'lsa demak tanganing ikki tomoniga ham etibor beradi bu inson. Izlanuvchan, xarakatchang va mehnatsevar murabbiylar safiga biz bemalol Maksim Rafalovichni ham qo'shsak xato qilmagan bo'lamiz. Dastlab sportchi nomini o'z tanasida xis etib, uning sir-asrorlarini mukammal o'rganib, texnik-taktik tomonlarini ipidan-ignasigacha to'liq bajara olgan holda mamlakat terma jamoasi safida turli nufuzdagi xalqaro musobaqalarda yurt sharafini munosib ximoya qilgan Osiyo chempionati sovrindori Maksim Rafalovich bilan suhbatlashamiz.


- Maksim Assalomu alaykum! Yakka kurashning taekvondo turini tanlashingizga kim sababchi bo'lgan? Sportdagi erishgan natijalariningiz xaqida o'zingizdan eshitmoqchi edim.

- Va alaykum assalom! Odatda akalar o'z ukalarini biror- bir sport turiga etaklab boradi bizda esa aksincha, meni ukam Nikita aynan shu sport turi bilan shug'ullana boshladi va ota-onam menga hech bo'lmasa o'z sog'liging uchun shug'ullanib ko'r degan edilar. SHunday qilib men ukam bilan birgalikda mashg'ulotlarda qatnasha boshladim, ko'plab do'stlar ortirdim. Vaqti kelib shunchaki qiziqish men uchun katta sport eshigini ochilishiga sababchi bo'ldi. Mamlakat miyosidagi musobaqalar, xalqaro turnirlar va keyinchalik Qita chempionati va Osiyo o'yinlarida erishgan natijalarim meni terma jamoa safida o'z o'rnim bor ekanligini ko'rsatdi. Bilsangiz o'sha vaqtlarda manashu natijalar men uchun uncha katta yutuq emasdek edi go'yo. Endi bilsam har bir g'alaba, har bir medal sportchi uchun qadrli ekan.


- G'alabali seriyalarning boshlanishi qiyin kechmadimi?

- Albatta mag'lubiyatsiz g'alaba bo'lmaydi. Ketma-ket muvaffaqiyasizlik so'ngra 2007 yili ilk bor Mamlakat chempionatida birinchi o'rinni egallagan bo'lsamda 2013 yilga qadar xalqaro musobaqalarda shoxsupadan joy olish nasib etmagan. Tajribam ortib borgani sari men etakchi sportchilardan biriga aylandim qita birinchiligida ikki bor bronza medaliga ega chiqdim. Osiyo o'yinlarida kumush va Gran-Pri turnirida uchinchi o'rindan joy oldim.


- Agarda taekvondo bilan shug'ullanmaganingizda sport olamidagi qay bir turni tanlagan bo'lar edingiz.

- Ochig'ini aytsam ota-onam bizni professional darajada shug'ullunadigan sportchi bo'lishimizni kutmaganlar lekin guvohi bo'lganingizdek men ham ukam ham sportdamiz. Albatta barcha o'smirlar futbolga qiziqadi balki futbolchi bo'lishim mumkin edi. Taekvondoni ko'pchilik yakka kurash sanati deydi to'g'ri raqib bilan ishlaysiz lekin aql bilan taktik xarakat qilish taekvondoning asosiy mezoni, men bu turni shaxmatga qiyoslayman.


- Terma jamoa tarkibida edingiz va murabbiylik faoliyatini boshlash fikri qachon paydo bo'ldi?

- O'tgan yili shunday qarorga keldim. Uning ustiga ukam Nikitaga ham har tomonlama yordam berishni niyat qildim. Ayrim vaziyatlarda inson o'ziga to'xta deb aytmaguncha davom etaveradi. Men esa keyingi bosqichga o'tish fursati kelganligini angladim. Demak endi ustozlarimdek murabbiy bo'laman.


- Murabbiy xuddi oila boshidek gap. Demoqchiman uyda farzand o'z otasiga qarab shakllanib borsa mashg'ulotlarda murabbiy ham sportchilarni o'z farzandidek ko'rib ularga mexr bermasa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin shundaymi?

- Bejizga aytishmaydi ustoz otangdek ulug' deb. Demak murabbiy manashu nomga munosib bo'lishi kerak. Bog'bon niholni ekib uni sug'oradi, kerak vaqtda butalaydi, kerak vaqtda sovuqdan - issiqdan asraydi. Bugungi kunda qo'l ostimda shug'ullanayotgan har bir bolaga alohida etibor berib qarayman. Ular orasidan kimdir chempion bo'lar yana kimdir boshqa sohani tanlar lekin vaqti kelib shu sportchilar hamisha mashg'ulotlarni murabbiylarini eslab yurishadi.


- Murabbiy ham tajriba ortirib borishi kerak, demoqchiman murabbiylar uchun sharoit yaratilganmi? CHunki bugungi kunning talabi zamon bilan hamnafas bo'lishni taqozo etadi?

- O'zbekiston taekvondo VT associaciyasi va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan murabbiylar malakasini oshirish uchun joriy yil boshida Turkiyada trenerlar kursi tashkil etildi. Mamlakatimizda ham amaliy va nazariy seminarlar o'tkazildi.


- Ayni shu kunlarda vaziyat og'ir va karantin holatida murabbiy o'zini qanday tutishi kerak deb o'ylaysiz?

- Barcha murabbiylar bilan birgalikda ish rejasini tuzib olganmiz va albatta bu hol bizni yangi tajriba asosida ish olib borishga o'rgatdi. Zoom platformasi orqali sportchilar bilan onlayn mashg'ulotlar olib boryapmiz, muhimi ruxiy tetiklik va jismoniy holatni yo'qotmaslik kerak.


- Asosiy ish uslubingiz qanday?

- Murabbiy o'z shogirdiga vazifa berdimi albatta uni natijasini so'rash kerak. Har bir bola o'qilmagan kitob- demak sportchining kayfiyatiga qarab u bilan gaplashishni, qalbiga quloq solishni o'rganish murabbiy uchun muhim. Qachonki sportchi bilan til topisha olsangiz o'shanda yaxshi natijaga erishish mumkin.


- Sizni ko'proq kimlar qo'llab-quvvatlaydi?

- Tushkun kayfiyatda bo'lasizmi, xursandchilik onlaridami hamisha ota-onam,oilam va ukam meni qo'llab-quvvatlab turadi. Oiladek muqaddas go'sha bo'lmasa kerak inson uchun. Kerak bo'lsa ular bizning g'alabalarimiz uchun o'zlarini qurbon qilishga ham tayyor. Men ularga tazim qilaman yutuqlarim va hayotda o'z o'rnimni topganim uchun.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing