So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

17 mar 08:59
Yangiliklar

Boks/MMA

Ustoz SHifu Tay Lungga qarshi yoxud "Temir Mayk" yana ringga qaytadi

Xabarlarda o'qigan bo'lsangiz kerak, 57 yoshli Mayk Tayson ayni paytda “mahluq” laqabini olgan bloger Jeyk Polga qarshi jang o'tkazishga rozilik berdi.

Xorijiy nashrlar ushbu jangni qo'ldan kelgancha “shishirishga” urinmoqda, haqiqatdan ham ajiotaj juda kuchli bo'lmoqda.

Ushbu xabarni o'qiganimdan keyin «Kung-fu Panda» multfilmidagi ustoz SHifu va uning shogirdi Tay Lung qarama-qarshiligi ko'z oldimga keldi. Garchi SHifu mingchandon aqlli va tajribali bo'lmasin, qonga tashna shogirdini enga olmagandi. 

Tay Lung ustozini shafqatsizlarcha kaltaklagani yodingizda-a? Ekspertlar Tayson - Pol jangida ham shunday scenariy bo'lishini taxmin qilishmoqda…

O'zi “Temir Mayk” nimani isbotlamoqchi yoki maqsad “soqqa” qilishmi? Jeyk otasi tengi Taysonni nega jangga chaqirdi? Maqolamizda quyidagi keltirilgan savollarga javob topishga harakat qilamiz.

Jeyk Pol “kalishdan baland” sakradimi? 

Jeyk Pol oxirgi yillarda nafaqat blogerlik, balki o'zining boksdagi janglari bilan odamlarni hayratlantirmoqda. Manaman degan professionalarni er tishlatishga ulgurgan Jeyk, ilk jangini 2020 yil bloger Ali Eson Gib va basketbolchi Neyt Robinsonga qarshi o'tkazdi.

Qonning “tamini” sezgan Pol professionallar shudgoriga “tosh otish”ni boshladi. Dastlab, birinchi raundda Ben Askren, keyin esa Tayron Vudlini mag'lub etgan bloger unga ishonmagan ekspertlarni o'z ishi bilan uyaltirib qo'ydi.

Vudliga qarshi revansh jangda esa, sobiq UFC jangchisini oltinchi raundda nokautga uchratdi. Vudlidan keyingi “nishon” sobiq UFC chempioni Anderson Silva bo'ldi. Natijada Pol yana g'olib bo'ldi.

2023 yil Jeyk Tayson Fyurining ukasi Tommi Fyurini ringga chorladi. Ammo treshtoklar ringda foyda bermadi, bong urilgandan keyin g'oliblik maqomi Fyuriga topshirildi.

Biroq Pol to'xtamadi va ketma-ket g'alabalarni qo'lga kirita boshladi. U “gangster” Neyt Diaz, Andre Avgust va Rayan Burlandni “burdalab” tashladi.

SHundan so'ng, u boksning tirik afsonasi 58 yoshli Mayk Tayson bilan jang qilish istagi borligini aytdi. Promouterlar buni tezlik bilan tashkil qilishdi, Maykni ko'ndirish ham unchalik qiyin bo'lmadi. Ayni paytda ekspertlar ushbu jangda Jeyk Polni favorit deb hisoblashmoqda, lekin hammasini vaqt ko'rsatadi…

Noshud blogerga boksdan “dars berishmi yoki “soqqa” qilish? “Temir Mayk” nega ringga qaytmoqchi?

Mayk Tayson 58 yoshga kirishiga oz qoldi, lekin shunday bo'lsa-da, u ijtimoiy tarmoqlarda o'zining yuqori formasini hali ham saqlab turganini ko'rsatmoqda. Taysonning gullagan davriga nazar soladigan bo'lsak, u faoliyati davomida 58 ta jang o'tkazib, shundan 50 tasida g'olib bo'lgan (44 tasi nokaut). Biroq buning hammasi tarixda qoldi.

Tayson so'nggi bor rasmiy jangda ishtirok qilganiga naqd 19 yil bo'ldi. O'shanda “Temir Mayk” Kevin Makbrayddan, so'ngra Denni Uilyamsdan mag'lub bo'lgan.

Tayson 2020 yil Roy Jonsga qarshi xayriya jangida jang qildi. Hakamlar afsonalarni ranjitmaslik uchun durang natija bo'lganini elon qilishgan bo'lsa-da, Mayk Jonsga qaraganda ancha tezkor ekanligini ko'rsatgandi. Eng qizig'i, ushbu kardda Jeyk Pol ham debyut jangini o'tkazgandi.

SHu vaqtgacha Tayson Frensis Ngannuni sekundanti bo'lib kelmoqda. Lekin yaqinda Ngannu Entoni Joshua tomonidan nokautga uchratildi. Ikkita jang, ikkisi mag'lubiyat… Xulosa qiladigan bo'lsak, Tayson natijaga “tupurgan” va uni ko'proq vada qilingan "yog'li" gonorar qiziqtirmoqda. 

Xulosa

Jeyk Polga tana tuzilish, bo'y-bast va uzun qo'llar yordam bersa, Tayson og'ir vazni va takrorlanmas texnikasi bilan ajralib turadi. Albatta, Maykka ortiqcha vazn ustunlik bermaydi, aksincha, uning harakatlarini sekinlashtiradi. Vaqt tarozisi kim tomonda? Buni vaqt ko'rsatadi…

Ekspertlarning aytishiga qaraganda, ushbu jang haqqoniy bo'lmaydi, chunki bloger afsonaga qarshi bor kuchini ishlatmaydi. Hurmat yuzasidan ham u buni qilmasligi kerak, qilsa ham muxlislar qarg'ishiga qolishi turgan gap. Uni tarix ham kechirmaydi.

Katta ehtimol bu qarama-qarshilik shou sifatida tashkil qilinadi. Maqsad kam harakat va hayotdan umidi so'ngan insonlarni sportga qiziqtirish orqali hayotga qaytarish.

Jang qaerda va qachon bo'ladi?

Afsonaviy Mayk va Pol o'rtasidagi jang 2024 yil 20 iyul kuni Texasdagi “Ey-ti-end-ti Stedium” arenasida bo'lib o'tadi. Jang to'g'ridan-to'g'ri Netflix platformasida efirga uzatiladi. Arenaga esa 20 000 muxlis kelishi kutilmoqda.


Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing