16 iyu 12:57
Yangiliklar

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vyzov" tashladi + FOTO
Parij-2024 Olimpiadasining ikkinch davrasidayoq Diyora Keldiyorovaga yutqazib qo'ygan Uta Abe ikki kun avval Vengriyadagi jahon chempionatida 5 karra jahon chempioniga aylangan edi. Yaponiyalik 24 yoshli Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Diyoradan qabul qilingan alamli mag'lubiyatni unuta olmayapti. O'zi bir umrga unutilmaydigan mag'lubiyat bo'lgandi-da!
"Olimpiada o'tganiga ham ancha bo'ldi, men bu musobaqa medalini qo'lga kiritishni juda ham xohlagandim. Keldiyorova bu erda bo'lmaganidan xafsalam pir bo'ldi. Umid qilamanki, u qaytadi, shunda men undan qasos olaman", - dedi Abe.
Diyora Keldiyorovaning bu yil ona bo'lishini inobatga olsak, u 2026 yilda ham katta sportga qaytmasligi oydinlashadi. Balki, 2027 yilning o'rtalarida Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi uchun qaytar.
Fikrlar