So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

08 apr 12:46
Yangiliklar

Sport kurashlari

UWW Olimpiya saralash turnirini bir yilga kechiktirdi

Birlashgan Kurash dunyosi kvalifikacion Olimpiya turnirini roppa-rosa bir yilga kechiktirish haqida qaror qabul qildi.

Birlashgan Kurash dunyosi (UWW) Ijroiya qo'mitasi Tokio-2020 Olimpiadasining bir yil keyinga ko'chirilishi haqidagi qaroridan so'ng ilk o'zgarishni amalga oshirdi. Unga ko'ra, COVID-19 pandemiyasi sabab 2020 yilgi taqvimdan o'rin olgan qolgan barcha musobaqalar 2021 yilga ko'chirildi. Bu haqidagi qarorga onlayn-majlis chog'ida kelingan. 

UWW texnik komissiyasi ayni paytda o'zgartirilgan taqvim bo'yicha ishlayapti. Bu bo'yicha barcha masaalar yuz foiz aniq o'z echimini topganidan so'ng yangilangan to'liq taqvim UWWga azo associaciyalarga jo'natiladi va tashkilot rasmiy saytiga yuklanadi. Bu jarayonda Xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti hamda Xalqaro olimpiya qo'mitasi tavsiyalari ham inobatga olinadi. 

Eslatib o'tamiz, Xalqaro olimpiya qo'mitasi qaroriga ko'ra, Tokio-2020 Olimpiadasi koronavirus pandemiyasi xavfi sabab 2021 yilga ko'chirilgandi. Yani, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi 2021 yilning 23 iyul kuni start olib, 9 avgustda yakunlanadi. 

SHu kungacha o'ynalgan Olimpiya o'yinlari licenziyalari o'z kuchida, yani o'z egasida qoladi. Qolgan kvalifikacion musobaqalarning bari - Evropa, Osiyo, Okeaniya va Afrika qitaviy kvalifikacion turnirlari hamda so'nggi, yakuniy jahon kvalifikacion musobaqasi 2021 yilda o'tkaziladi. Uning muddati keyinroq elon qilinadi. Ushbu kvalifikacion musobaqalarning mezbonlari avval belgilanganidek o'zgarmaydi. Yani, avvaldan belgilangan shaharlarda o'tkaziladi. 

Ushbu onlayn-yig'ilishda fuqarolikni o'zgartirish masalasi ham ko'tarildi. Unda aytilishicha, endi to Olimpiada o'tmagunicha fuqarolikni o'zgartirib, boshqa mamlakat terma jamoasi sharafini himoya qilishga ruxsat berilmaydi. Bu jarayon Tokio-2020 Olimpiadasi yakunlananidan so'nggina amalga oshirilishi mumkin. 

UWW 2020 yil taqvimidan o'rin olgan musobaqalardagi o'zgarishlar

2020 yilning 30 iyuniga qadar UWW taqvimidan o'rin olgan barcha chempionatlar kechroq muddatga ko'chiriladi. Bu musobaqalarning yangi sanalari turnir qabul qiluvchi mamlakat, tashkilotchilar, texnik komissiya va sport departamentining qo'shma qarori asosida elon qilinadi. 2020 yilning 30 iyunigacha o'tkazilishi rejalashtirilgan barcha nufuzdagi musobaqalar bekor qilingan. 

Bundan tashqari, UWW milliy federaciyalarga sportchilar va muxlislarning sog'lig'ini himoya qilish maqsadida o'z ichki musobaqalarini o'tkazmaslikka chaqirdi. 

2020 yilgi Kongress haqida

Birlashgan Kurash dunyosi (UWW)ning 2020 yil hisobidan o'tkazilishi rejalashtirilgan Kongressi 6 sentyabrga belgilangan edi. Yani o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati starti oldida o'tkazilishi rejalashtirilgandi. Lekin UWW ham jahon chempionati, ham yillik Kongressni boshqa muddatga ko'chirishni mo'ljallamoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing