So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

23 jan 10:31
Yangiliklar

Sport kurashlari

UWW prezidenti yunon-rum kurashchilarimiz bilan uchrashdi + FOTO

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Xorvatiyaning Porech shahrida 18 davlat terma jamoalari ishtirokida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tmoqda.

Bu jamoalarning barchasi o'tgan hafta poytaxt Zagreb shahrida o'tkazilgan Gran-Pri turnirida ishtirok etgandi. 

Tabiiyki, qatnashchi davlatlar orasida yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ham bor. Ravshan Ro'ziqulov murabbiyligidagi kurashchilarimiz Zagreb turnirida 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishgandi. Bir yillik tanaffusdan so'ng nihoyat xalqaro turnirda ishtirok etgan "klassiklar"imiz uchun bu yaxshi natija. 

Etiborlisi, kecha Birlashgan kurash dunyosi (UWW) prezidenti Nenad Lalovich Porechda o'tkazilayotgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'iniga tashrif buyurdi va u erdagi kurashchilarning shug'ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Tabiiyki, UWW rahbari kurashchilarimiz bilan ham ko'rishib, ular bilan muloqotga kirishdi. Lalovich O'zbekiston sport kurashchilarining xalqaro kurash oilasida tutgan o'rniga alohida urg'u qaratib, muvaffaqiyatlar Tokio Olimpiadasida ham bardavom bo'lishini tiladi. Samimiy o'tgan suhbat so'nggida Nenad Lalovich xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini ishtirokchilari bilan esdalik uchun suratga tushdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing