02 noy 18:59
Yangiliklar
Taekvondo
Uzbekistan Open. Taekvondo bahslari qizg'in davom etmoqda
Namangan shahridagi "Pahlavon" sport majmuasida taekvondo WT bo'yicha "Uzbekistan Open" xalqaro turnirining navbatdagi kunida ham vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqa davomida SHohjahon Xolmurodov, Ravshan Hamroev, Dilmurod Marufjonov, Omadbek Otabekov, Nurbek Sidiqbekov, Li Dosen, Botirbek Toshtemirov, Artur Husniddinov kabi taekvondochilarimiz erkaklar o'rtasidagi bahslarda oltin medalni qo'lga kiritdi.
Qizlar orasida esa SHaydo Husanboeva, Omina Ergasheva, Rushanaxon Ravshanova, Mubina Bobosaidova, Viktoriya Denisenko, Zilola Mamirova hamda Munisa Karimjonova o'z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi.
SHuningdek, mazkur xalqaro turnirda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan taekvondochilar ham g'olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar