31 jan 13:40
Yangiliklar
Velosport
UzNADA: Osiyo chempioni bo'lgan velosportchimizdan doping chiqdi
O'zbekistonlik velosportchi Anna Kulikovadan olingan doping-sinamasida taqiqlangan modda borligi aniqlandi.
2022 yil 25 oktyabr kuni sportchi A.Kulikovadan musobaqadan tashqari holatda doping sinama olingan.
Tahlil natijalariga ko'ra, velosportchining namunasidan Butunjahon antidoping agentligi tomonidan taqiqlangan ro'yxatga kiritilgan “metasteron” moddasi aniqlangan.
SHunday qilib, sportchi Anna Kulikovaga nisbatan O'zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq bo'yicha komissiya qaroriga ko'ra, 2 yil muddatga (26.12.2022 dan 26.12.2024 gacha) diskvalifikaciya jazo chorasi qo'llanildi.
Havola :
Manba : t.me/antidopinguz
Fikrlar