18 okt 09:48
Yangiliklar

Uzoq kutilgan Lomachenko - Lopes jangi to'liq davom etdi va biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi
Kechaning markaziy jangida WBA, WBO va WBC Franchise kamari sohibi, ukrainalik Vasiliy Lomachenko IBF yo'nalishi chempioni hisoblangan amerikalik Teofimo Lopesga qarshi jang o'tkazdi.
12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Yakunda g'olib ochkolar evaziga ko'ra aniqlandi. Unga ko'ra hakamlar 116-112, 117-111, 119-109 hisoblarida Teofimo Lopesning g'alabasini qayd etishdi.
Qayd etish lozimki, ushbu g'alaba orqali Lopes to'rtta kamar sohibiga aylandi.
Malumot uchun, engil vaznda (61,2) WBC kamari ayni paytda Devin Xeyniga tegishli bo'lib turibdi. WBC Franchise kamari esa tashkilot tomonidan maxsus tasis etilgan kamar hisoblanadi. Endi u Xeynidagi WBC kamarini qo'lga kiritsa, engil vaznda mutlaq chempionga aylanadi.
Fikrlar