22 fev 12:55
Yangiliklar
Uzoq kutilgan Rayan Garsiya - Mario Barrios jangi to'liq davom etdi
Oqshomning asosiy jangi yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempionlik kamari uchun kechdi. Unda amerikalik Rayan Garsiya vatandoshi Mario Barriosga qarshi ringga ko'tarildi. To'liq 12 raund davom etgan jangda Garsiya raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlar bir ovozdan 119-108, 120-107, 118-109 hisobida g'alaba qozonib, yarim o'rta vaznda WBC chempioniga aylandi. Rayan birinchi raunddayoq Marioni nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi.
Malumot uchun, asli kelib chiqishi meksikalik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan 27 yoshli Rayan Garsiya prof boksda 2016 yilda debyut qilgan. 2021 yilda engil (61,2 kg) vaznda vaqtinchalik WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. 2023 yildan yarim o'rta vaz toifasida o'z janglarini o'tkazib kelmoqda.




Fikrlar