19 iyu 07:31
Yangiliklar
Tokio-2020
VADA rasmiy vakili Rossiyani Olimpiadadan chetlatishni talab qildi
Butunjahon antidoping agentligi, yani VADA rasmiy vakili Ben Nikols doping mojarosiga aralashib qolgan Rossiya terma jamoasini Rio-2016 Olimpiadasidan butunlay chetlatishga chaqirshi.
“Rossiya terma jamoasini zudlik bilan barcha xalqaro musobaqalar, xususan Olimpiadadan chetlatish shart. Bu jazo mamlakatda doping bilan bog'liq vaziyat ijobiy tomonga o'zgarmagunga qadar o'z kuchida qolish kerak”, - deya fikr qoldirgan o'zining “Tvitter”dagi sahifasida Nikols.
Eslatib o'tamiz, kecha Kanadaning Toronto shahrida tashkil etilgan maxsus matbuot anjumanida VADA tashkilotining mustaqil qo'mitasi rahbari Richard Maklaren rossiyalik sportchilarning doping bilan bog'liq masalasi yuzasidan tekshiruv natijalarini o'qib eshittirgandi. Maklarenning bu hisoboti Rossiya terma jamoasining Rio Olimpiadasidan chetlatishiga zamin yaratishi mumkin.
Havola :
Fikrlar