24 jan 13:32
Yangiliklar

Vadim Nemkov Bellator bilan yangi shartnoma imzoladi
Bu haqda liga prezidenti Skott Koker xabar berdi.
"Vadim Nemkov Bellator promoushenining muhim jangchilaridan biri hisoblanadi. U kuchli aralash yakkakurash ustasi. O'tkazgan Gran-primiz shuni tasdiqladiki, bizning promoushenda dunyoning eng kuchli yarimog'ir vazn toifasi jangchilari jam bo'lgan. Divizion etakchisi bilan yangi shartnoma imzolaganimizdan xursandmiz. Sabrsizlik bilan 2023 yilgi Vadim Nemkov ishtirokidagi janglarni kutib qolamiz", - dedi Koker.
O'tgan yili 30 yoshli Nemkov yarimog'ir vazn toifasi Bellator Gran-prisi g'olibiga aylangandi. U final jangida amerikalik Kori Andersonni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Vadim navbatdagi chempionlik himoya jangini 4 fevral kuni Bellator 290 turniri doirasida kubalik 45 yoshli Yoel Romeroga qarshi o'tkazishi kerak edi. Lekin bu jang kechroq muddatga qoldirildi. Bunga Nemkovning shartnomani yangilashi sabab bo'lgan deyilmoqda xabarda.
Fikrlar