01 fev 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Vanzant: Yuzimdan qon oqqanidan so'ng ham go'zal bo'lib qolaveraman
UFCning sobiq jangchisi, bugungi kunda qo'lqopsiz janglar promoushenida debyut qilishga tayyorlanayotgan Peyj Vanzant tanqidchi muxlislarga murojaat qildi.
Tanqidchi muxlislarning fikricha, Vanzant qo'lqopsiz janglarda debyut qilganidan so'ng, uning tashqi ko'rinishi o'zgarib ketadi.
"O'zimni faoliyatimni cho'qqisida his qilyapman. O'ylaymanki, qandaydir bo'lmag'ur gapni gapirsangiz, o'sha inson oldida ham shu gaplarni takrorlashingizga to'g'ri keladi.
Tashqi ko'rinishimga etirozlar ko'p. Mening yuzim, bu mening yuzim. U bilan o'zim istagan narsani qilishim mumkin. Yuzimdan qon oqqanida ham go'zalligimcha qolaveraman. Buning qo'rqinchili joyi yo'q", - dedi Vanzant.
Havola :
Manba : BJ Penn
Fikrlar