23 iyu 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Vasiliy Lomachenko bo'lajak raqibi Nakatani haqida fikr bildirdi
Uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko (14-2, 10 KO) Masayoshi Nakatani (19-1, 13 KO) haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz jadval asosida tayyorgarlik ko'rishimiz zarur. Biz uxlashimiz, ovqatlanishimiz va sport bilan shug'ullanishimiz kerak. Albatta, bu jang mening boshqa janglarimga o'xshamaydi. Biz tizimni va mashg'ulotlarimizni o'zgartirdik.
Nakatani juda yaxshi, top bokschi. Uning kuchi, masofa hissi, himoyasi bor. Men buni tushunaman va bunga tayyorlanaman. Men uning jang rejasiga tayyorlanaman. Bu oson emas va siz doimo diqqatni jamlashingiz shart", - dedi Lomachenko.
Lomachenko - Nakatani jangi 26 iyundan 27 iyunga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar