12 may 10:47
Yangiliklar
Vasiliy Lomachenko qaytdi, uning ishtirokidagi jangda nokaut qayd etildi
Oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasida ukrainalik Vasiliy Lomachenko hamda avstraliyalik Jorj Kambosos o'rtasida bo'lib o'tdi. Vakant, yani egasiz bo'lib turgan IBF chempionlik kamari uchun kechgan 12 raundlik jang 11-raundda to'xtatildi. Tajribali Lomachenko mezbon bokschini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Jorjning sekundantlari ringga mag'lubiyat tan oluvchi oq sochiq uloqtirishdi.
Vasiliy Lomachenko bundan avvalgi jangini Devin Xeyniga qarshi o'tkazgandi. Mutlaq jahon chempionligi uchun kechgan o'sha jangda Devin shubhali va bahsli g'alabani qo'lga kiritgandi. Vasiliyga esa revansh berilmagandi. Kambosos esa o'z o'rnida bundan oldingi jangida Maks Xyuzni engib, IBO chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
Bugun Lomachenko faoliyatidagi 18-g'alabasini tantana qildi. Hisobida 3 ta mag'lubiyat ham bor. Kambosos esa bugun aksincha uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari soni 21 taligicha qoldi.
Fikrlar