19 may 17:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Vasiliy Lomachenko: "Xeynining gabariti men uchun katta qiyinchilik tug'diradi"
Ukrainalik Vasiliy Lomachenko engil vaznda mutlaq jahon chempioni Devin Xeyni bilan jangda o'zi uchun asosiy muammo bu raqibining gabariti bo'lishini taxmin qilmoqda.
"Xeyni bilan jangda eng katta muammo nima? Bunga javob berishim qiyin. Balki, bu uning tana jihatdan mendan kattaligidir. Xeynining gabariti men uchun katta qiyinchilik bo'ladi.
Mutlaq jahon chempionlik - mening maqsadim. O'z oldimga maqsad qo'yganman va unga erishishimga oz qoldi", - dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko - Devin Xeyni jangi 21 may kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar