So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

29 iyu 16:46
Yangiliklar

Tadbirlar

Vazir Namanganda yig'ilish o'tkazdi

Teglar :  VazirNamanganNabiev
Vazir rahbarligida Namanganda sport sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri rahbarligida Namangan viloyatida jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni taminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda viloyat sport talim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, sport obektlari infratuzilmasini rivojlantirish, axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy terma jamoalarni saralash, shakllantirish va hududlarni sportga ixtisoslashtirish, tashkilotlardagi kadrlar salohiyati va ular bilan ishlash, sport talim muassasalarini ilmiy-metodik taminlash yo'nalishlari bo'yicha yo'l qo'yilgan kamchiliklar muhokama etildi.

Bu borada Uchqo'rg'on, Namangan, Pop, CHust, To'raqo'rg'on, Mingbuloq, Kosonsoy, CHortoq tumanlarida masullar tomonidan amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

SHuningdek, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tuman, shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limlari va sport talim muassasalari jamoalariga kadrlar tayyorlash yo'nalishi, ijro intizomi, ish yuritish holati bo'yicha amaliy yordamlar, o'quv-seminarlari tashkil etmaganligi, joyiga chiqib mavjud holatlar o'rganilmaganligi tanqid ostiga olinib, bu kabi kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish maqsadida zaruriy choralarni ko'rish bo'yicha vazifalar belgilab berildi.

Yig'ilish yakunida mehnat faoliyati davomida alohida o'rnak ko'rsatgan, tashabbuskor rahbar kadrlardan Namangan viloyat futbol mahorat maktabi direktori G'anisher Ismoilov, Norin tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori Islomjon Rahmonov va Namangan shahar 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori Ella Vishnyakova “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing