So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

11 sen 08:48
Yangiliklar

Dzyudo

Vazirlikda Toshkent Gran-prisiga tayyogarlik muhokama qilindi

Xabaringiz bor, 20-22 sentyabr kunlari poytaxtimizdagi ko'p tarmoqli “Humo” arenasida dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligida ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik, katta sport tadbirini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazishga bag'ishlangan tashkiliy qo'mita yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbirni O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov olib bordi. 

“Bir necha yildan beri ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Toshkent Gran-prisiga ilk bor muhtasham, ko'p tarmoqli, jahon talablariga to'liq javob beruvchi “Humo” arena mezbonlik qiladi. Poytaxtimizga kelgan Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) mutasaddilari ushbu arenaga yuqori baho berishdi. O'z o'rnida biz xalqaro ekspertlar etirofiga sazovor bo'lgan “Humo” arenadagi katta masshtabdagi ilk musobaqani yuqori saviyada o'tkazishimiz kerak”, - dedi O.Kasimov. 

Vazirning birinchi o'rinbosari musobaqaga ko'rilgan tayyorgarlik va uni o'tkazish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Bu borada o'z ko'rsatmalarini berdi. 

Yig'ilishda ishtirok etgan O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati 50 dan ortiq davlatdan kelayotgan sport delegaciyalari, martabali mehmonlarni kutib olish, mehmonxonalarga joylashtirish, musobaqa doirasida madaniy tadbirlarni tashkil etish, poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayyohatlar uyushtirish bo'yicha barcha ishlar shay holatga keltirib qo'yilganligi bo'yicha axborot berishdi. 

Eslatib o'tamiz, dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisi ilk bor 2013 yilda bo'lib o'tgan edi. SHu kungacha o'tkazilgan barcha musobaqaga “O'zbekiston” sport saroyi mezbonlik qilgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing