16 may 09:01
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Velosport. Farg'onada O'zbekiston chempionati boshlandi
Farg'ona viloyatida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha uch yosh toifasida mamlakat chempionatlari start oldi.
			Musobaqada 2000-2001, 2002-2003 hamda 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Mazkur chempionatni tashkil qilishdan asosiy maqsad istiqbolli yoshlarni saralab olish, ularning malakasini oshirish va pirovardida mamlakat terma jamoalariga kuchli sportchi sifatida jalb etishdan iboratdir.
Bahslar 18 may kuniga qadar davom etadi.
            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar