23 fev 12:47
Yangiliklar
Velosport
Velosport. Osiyo chempionati sovrindorlari tantanali ravishda kutib olindi
16-20 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida velosport bo'yicha Osiyo CHempionati o'tkazilgani, ushbu musobaqada hamyurtlarimiz 1ta kumush va 1ta bronza medallarini qo'lga kiritganliklari haqida xabar qilgandik.
Bugun, erta tongda musobaqada sovrindor bo'lgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi mutasaddilari, muxlislar va OAV vakillari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.
O'z o'rnida sovrindor sportchilarimiz musobaqa davomida o'zlarini qo'llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildirib, navbatdagi musobaqalarda bundan ham yaxshiroq natija qayd etishga vada berdilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar