16 apr 08:17
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Velosport. O'zbekiston chempionati yakunlandi
Velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha erkaklar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati o'z g'olib va sovrindorlarini aniqladi. 
			Bir yuz yigirma sakkiz kilometr masofaga o'tkazilgan bahslarda Dilmurod Siddiqov barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda, birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'ringa Sergey Medvedev ega chiqqan bo'lsa, uchinchi o'rin Danil Evdokimovga nasib qildi.
O'ttiz uch kilometrga o'tkazilgan poyga yakunlariga ko'ra, Danil Evdokimov g'alaba qozondi. Ikkinchi va uchinchi o'rindan mos ravishda Dilmurod Siddiqov va Ernest Osmanovlar joy oldi. Ushbu bellashuvlar shu yil avgust oyida Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini ham bajardi.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar