So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

16 apr 18:02
Yangiliklar

Velosport

Velosport: yurtimizda Osiyo chempionati o'tkaziladi

22-28 aprel kunlari mamlakatimizda velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati va Osiyo velosport konfederaciyasining (ASS) navbatdagi Kongressi tashkil etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI), Osiyo velosport konfederaciyasi (ASS) hamda mamlakatimiz velosport federaciyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu musobaqada o'smirlar, kattalar va paralimpiyachilar o'rtasida g'oliblar aniqlanadi.

Unda Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Vetnam, Gonkong, Malayziya, Filippin, Tailand, Mo'g'uliston, BAA, Iordaniya, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaman va Livan kabi 36 mamlakatdan 500 nafardan ortiq velopoygachilar ishtirok etadi.

SHuningdek, Osiyo chempionatida erkaklar va ayollar 2020 yilda Tokioda bo'ladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o'yinlari yo'llanmalari uchun ham o'zaro raqobatlashadi.

Musobaqa doirasida joriy yil 26 aprel kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Osiyo velosiped sporti konfederaciyasining navbatdagi Kongressi ham o'tkaziladi.

Osiyo chempionatiga Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) raisi David Laparten va Osiyo velosport konfederaciyasi (ASS) raisi Osama Ahmad Al-SHafar rahbarligidagi nufuzli delegaciyalarning tashrifi kutilmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqani jahon standartiga mos ravishda yuqori saviyada tashkil etish, texnik va amaliy yordam ko'rsatishda Germaniyaning “Inflame Sports GbR” firmasi bilan yaqindan hamkorlik qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing