So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

12 sen 17:13
Yangiliklar

Velosport

Velosportchilarimiz Omsk shahridan medallar bilan qaytishyapti

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o'tkaziladigan Yopiq inshoatlardagi sport turlari va jang sanatlari bo'yicha V Osiyo o'yinlariga oz fursat qolmoqda.

SHu maqsadda velosportning trek yo'nalishi bo'yicha terma jamoamiz azolari Rossiyaning Omsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etishdi. 30 avgustdan boshlangan mazkur xorij yig'ini bugun yakunlanadi.

SHuningdek, terma jamoamiz azolari “Omskning katta sovrini” nomli xalqaro turnirda ham ishtirok etishdi. Mazkur musobaqada yurtimiz sharafini Sergey Medvedev, Ruslan Fyodorov, Ekaterina Knebelova, Olga Jantuganova, Zokirxo'ja Exsonov, SHomansur Abdumannopov, Andrey Izmaylov, Semen Sevastyanov, Renata Baymetova, Alla Bezuglova, Nafosat Kozieva hamda Diana Adelshinova himoya qilishdi.


Ayollar o'rtasidagi velosport-trek sprint, keyrin yo'nalishi bo'yicha xamyurtimiz Olga Jantuganova bronza medali bilan taqdirlangan bo'lsa, Ekaterina Knebelova kumush medalni qo'lga kiritdi. Jamoaviy poygada esa Renata Baymetova ham bronza medaliga sazovor bo'ldi.


Erkaklar o'rtasidagi jamoaviy poygada Ruslan Fyodorov kumush medal sohibi bo'ldi. Ayollar o'rtasida o'tkazilgan jamoaviy poygada esa Nafosat Kozieva kuchli o'ntalikka kiritildi. Git yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan ayollar o'rtasidagi poygada Olga Jantuganova kumush medalga ega chiqdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing