27 fev 16:15
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Velosportchilarimiz Osiyo chempionatidagi ilk medalni qo'lga kiritishdi
25 fevral - 4 mart kunlari Bahraynda velosport bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tishi haqida xabar bergandik.
			
Kecha o'smirlar o'rtasidagi yakka tartibdagi poygalar bahsida ishtirok etgan sportchimiz Iskandarbek SHodiev terma jamoamiz hisobiga ilk medalni qo'shib qo'ydi. 
25,6 km masofaga o'tkazilgan bahsda Iskandarbek uchinchi natijani qayd etdi va bronza medalini qo'lga kiritdi. 
Ushbu poygalarda birinchi o'rin qozog'istonlik Igor CHizan birinchi, xitoylik Ze YU esa ikkinchi o'rinni egalladi.


            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar