So’nggi yangiliklar

12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0

31 mar 18:30
Yangiliklar

Velosport

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatidan yorug' yuz bilan qaytishdi FOTOREPORTAJ

Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadioni hududida Osiyo chempionatida zafar quchgan velosportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

25-30 mart kunlari Tojikiston davlati veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Musobaqada 20 dan oshiq terma jamoalar ishtirok etdi. O'zbekiston milliy terma jamoasining 29 nafar sportchisi vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

Tojikistonda start olgan veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatining birinchi kuniyoq terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli bo'ldi: ilk kunning o'zida jamoamiz oltin medalni ega bo'ldi. Ayollar o'rtasida (women elite) 24 km. masofaga kechgan jamoaviy poyga bahsida qizlarimiz eng yaxshi natija qayd etishdi. Yanina Kuskova, Margarita Misyurina, SHahnoza Abdullaeva hamda Anna Kulikovadan iborat jamoamiz masofani 32:14.911 daqiqa ichida bosib o'tib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Anna Kuskova yoshlar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi. Poyga 20 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida alohida start yo'nalishda o'tkazildi hamda 15.6 km masofaga o'tgan mazkur poygada sportchimiz 20:06.908 daqiqada marraga etib kelib oltin medalni qo'lga kiritdi.

Aleksey Fomovskiy 23 yoshgacha bo'lgan erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarda finishga ikkinchi bo'lib etib kelib, kumush medalni qo'lga kiritdi.

Yanina Kuskova 23 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi alohida startda eng yaxshi natijani qayd etdi. 24 km masofaga kechgan poygada Kuskova o'rtacha 42,19 km/s tezlik namoyish qilib, masofani esa 34:08.064 daqiqa ichida bosib o'tishga muvaffaq bo'ldi va ikkinchi oltin medalni qo'lga kiritdi. 

Erkaklar o'rtasida 24 km masofaga kechgan individual start poygasida Tokio-2020 ishtirokchisi Murodjon Xolmurodov uchinchi natijani qayd etib, bronza medali bilan taqdirlandi. M.Xolmurodov ushbu masofani 29:58.291 daqiqada bosib o'tishga muvaffaq bo'ldi. 

Yoshlar o'rtasida 61 km masofaga kechgan poygada guruh poygasida sportchimiz Sofiya Karimova 1 soat 36:45 daqiqa ichida marraga etib kelib, oltin medalni qo'lga kiritdi. 

Navbatdagi oltin medal yosh yigitlar o'rtasidagi guruh poygasi bahsida qo'lga kiritildi. Unda ishtirok etgan Samandar Sultonov marra chizig'ini 2:47:13 daqiqada bosib o'tib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Kattalar va 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida 111 km masofaga kechgan guruh poygasi bahsida Yanina Kuskova belgilangan masofani 3:11:37 daqiqada bosib o'tib, bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Osiyo chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa xisobida 2-o'rinni egalladi.

Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, velosport federaciyasi mutasaddilari hamda jurnalistlar hozir bo'ldilar.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing